UZ
«Ассоциация предприятий и организаций информационных технологий Узбекистана», является негосударственной некоммерческой организацией, учрежденной на основе добровольности и равноправия ее членов, осуществляющиx деятельность в сфере информационных технологий, созданной для содействия ее членам в достижении корпоративных целей.
Ассоциация предприятий и организаций информационных технологий Узбекистана
18 mart, seshanba
2024-yil 24-may kuni Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Innovatsion rivojlanish, axborot siyosati va axborot texnologiyalari masalalari qo‘mitasi hamda Fuqarolarning sog‘lig‘ini saqlash masalalari qo‘mitalarining kengaytirilgan yig‘ilishibo‘lib o‘tdi.
Yig‘ilishda Sog‘liqni saqlash vazirligining “Tibbiyot sohasida raqamli texnologiyalarni keng joriy qilish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar to‘g‘risi”da axboroti eshitildi.
Ta’kidlanganidek, keyingi yillarda sog‘liqni saqlash sohasini raqamlashtirish va axborot tizimlari yagona kompleksini joriy etish, boshqaruv jarayonidagi ortiqcha tartib-taomillarini qisqartirish, aholiga tibbiy xizmatlar ko‘rsatish qamrovini kengaytirish bo‘yicha muayyan ishlar amalga oshirilmoqda.
Prezidentimiz shu yil 21-may kuni Sog‘liqni saqlash loyihalari markazi tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar va yangi takliflar taqdimoti bilan tanishish jarayonida tibbiyot muassasalari yetarlicha raqamlashtirilmagani sababli sug‘urta tizimi to‘liq ishlamayotgani, shifokorlarning ko‘p vaqti hisobot to‘ldirishga ketayotganiga urg‘u berildi.
Poytaxtimizda sohani raqamlashtirish bo‘yicha namunaviy tizim yaratish vazifasi qo‘yilib, buning uchun barcha muassasalar yangi kompyuter va texnika vositalari bilan jihozlanishi aytib o‘tildi. Yil yakunigacha “Elektron poliklinika” va “Elektron shifoxona” tizimlari ishga tushiriladi. Bu o‘z navbatida, ortiqcha ovoragarchilik va qog‘ozbozliklarga chek qo‘yib, barcha ishlarni tizimli ravishda olib borishga, shifokorlarning bemorlar uchun ko‘proq vaqt ajratishiga imkon beradi.
Axborotda keltirilganidek, bugungi kunda 3 645 ta tibbiyot muassasalarining barchasi yuqori tezlikdagi internet tarmoqlariga ulangan. Ambulator muassasalarda 100 foiz lokal tarmoq qurilgan bo‘lsa, 23 024 nafar tibbiyot xodimlari kompyuter qurilmalari bilan ta’minlangan.
Shuningdek, vazirlik tomonidan Raqamli sog‘liqni saqlash yagona platformasini, tibbiyot birlashmalari uchun axborot tizimi bazasini yaratish, tibbiyot birlashmalarini AKT infrastrukturasi va telekommunikatsiya qurilmalari bilan jihozlash, shifokor hamshiralarni bilim va ko‘nikmalarni oshirish uchun 2024-2026-yillarda “Raqamli sog‘liqni saqlash islohotlarini qo‘llab-quvvatlash” loyihasi ishlab chiqildi.
Bugungi kunda “Elektron poliklinika” axborot tizimining takomillashtirilgan talqini Toshkent shahrining Mirzo Ulug‘bek tumanidagi 7-sonli oilaviy poliklinikasida ishga tushirildi. Avvalgi tizimdan farqli o‘laroq, ushbu tizimning patronaj xizmati raqamlashtirildi.
Qolaversa, Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali 2 ta davlat xizmatlari ishga tushirilgan. Jumladan, vaqtincha mehnatga layoqatsizlik varaqalari tibbiy ma’lumotnomasini hamda haydovchilik guvohnomasi uchun talab etiladigan tibbiy ma’lumotnomani onlayn tarzda olish imkoni yaratilgan.
Bundan tashqari, “Tibbiyot” axborot tizimi — mis2.ssv.uz negizida “066-hisobot shakli elektron tarzda rasmiylashtirish moduli” ishlab chiqilib, 066-hisobotida fuqarolarning kasalligiga qo‘yilgan tashxis to‘g‘risidagi ma’lumotlarni elektron shaklda kiritish imkoniyati yaratildi.
Muhokamalar davomida deputatlar yurtimizda tibbiyot tizimini raqamlashtirish, xususan, birlamchi tibbiy-sanitariya yordami muassasalarida avtomatlashtirilgan axborot tizimini joriy etish bo‘yicha amalga oshirilayotgan keng qamrovli ishlarni alohida e’tirof etdilar.
Shu bilan birga, aholi murojaatlari, joylarda deputatlar tomonidan olib borilayotgan parlament nazorati tadbirlari, saylov okruglaridagi uchrashuvlar jarayonida joylarda bu borada ayrim muammolar kuzatilayotganini qayd etdilar.
Muhokamalar davomida tibbiyot sohasida raqamli texnologiyalarni keng joriy qilish, sog‘liqni saqlash muassasalari o‘rtasida tibbiy ma’lumotlar almashinuvi uchun dasturiy muhit yaratish, sohani davr talablariga moslashtirish bo‘yicha qator taklif va tavsiyalar berildi.
Yig‘ilish yakunida kun tartibidagi masala yuzasidan qo‘mitalarning qo‘shma qarori qabul qilindi.
Tadbir universitetlar, startap ekotizimi ishtirokchilari, investorlar va korporativ sektor vakillarini bir joyga jamladi. Forum universitetlarni innov...
ИКТ
Olmaota shahrida 31-yanvar kuni “Digital Almaty 2025” xalqaro raqamli forumining yalpi majlisi bo‘lib o‘tdi.
Professional IT sertifikatga o’qiganlarning 40% dan ortig’i IT sohasida ish topib, 500$ va undan yuqori daromad topishmoqda
2024-yil uchun respublika ijro etuvchi hokimiyat organlarining OAVda hozir bo‘lishlari darajasi (axborot jihatdan ochiqlik indeksi) monitoring...
“Elektron poliklinika” axborot tizimining takomillashtirilgan talqini Toshkent shahrining Mirzo Ulug‘bek tumanidagi 7-sonli oilaviy poliklinikasida ishga...
ИКТ
Raqamli texnologiyalar innovatsiyalar rivojiga keng yo‘l ochadi
Образование
Lorem ipsum dolor sit, amet consectetur adipisicing elit. Voluptas sed error incidunt eum minus magnam eligendi sunt tempora, atque suscipit harum ne...
Масс-Медиа
«Ассоциация предприятий и организаций информационных технологий Узбекистана», является негосударственной некоммерческой организацией, учрежденной на основе добровольности и равноправия ее членов, осуществляющиx деятельность в сфере информационных технологий, созданной для содействия ее членам в достижении корпоративных целей.
Узнать большеОпубликовано: 18/03/2025
Опубликовано: 18/03/2025
Опубликовано: 18/03/2025
Опубликовано: 18/03/2025