UZ
«Ассоциация предприятий и организаций информационных технологий Узбекистана», является негосударственной некоммерческой организацией, учрежденной на основе добровольности и равноправия ее членов, осуществляющиx деятельность в сфере информационных технологий, созданной для содействия ее членам в достижении корпоративных целей.
Ассоциация предприятий и организаций информационных технологий Узбекистана
15 aprel, chorshanba
2025-yil 25-fevral kuni “Mamlakatimiz oliy ta’lim muassasalari bilan hamkorlikda startap ekotizimini rivojlantirish” forumi tashkil etildi.
Tadbir universitetlar, startap ekotizimi ishtirokchilari, investorlar va korporativ sektor vakillarini bir joyga jamladi. Forum universitetlarni innovatsiya va tadbirkorlik markazlariga aylantirish, talabalarni startap faoliyatiga jalb qilish, inkubatsiya va akseleratsiya dasturlarini rivojlantirish hamda startap ekotizimi ishtirokchilari o‘rtasida hamkorlikni mustahkamlashga qaratilgan.
Bugungi kunda startap ekotizimi nafaqat biznesni rivojlantirish, balki innovatsion g‘oyalarni amaliyotga joriy qilish, raqamli iqtisodiyotni kengaytirish va yoshlarni tadbirkorlik faoliyatiga tayyorlash uchun muhim vosita hisoblanadi. Shu bois, universitetlarning bu jarayonda faol ishtiroki katta ahamiyat kasb etadi.
Forum startaplar alleyasining tashkil etilishi bilan boshlandi. Bu maydonda talabalarning turli innovatsion g‘oyalari va loyihalari namoyish etildi. Talabalar o‘z startaplari, texnologik yechimlari va biznes g‘oyalari bilan ishtirok etib, investorlar va ekspertlarning tavsiyalarini olish imkoniyatiga ega bo‘ldilar. Raqamli texnologiyalar vaziri Sherzod Shermatov startapchilar uchun tashkil etilgan alleyada yosh startapchilar bilan suhbatlashdi hamda startap ekotizimini yanada rivojlantirish bo‘yicha tavsiyalar berdi.
Shundan so‘ng forumning rasmiy ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Unda vazir Sh. Shermatov so‘zga chiqib, universitetlar va startap ekotizimi o‘rtasidagi hamkorlikning ahamiyatiga to‘xtaldi. Talabalarni tadbirkorlikka tayyorlash, inkubatsiya va akseleratsiya dasturlarini rivojlantirish, davlat va xususiy sektor hamkorligini kuchaytirish bo‘yicha takliflar bildirdi.
Forum davomida sohaning yetakchi mutaxassislari tomonidan startaplarni moliyalashtirish, universitetlarning ekotizimga qo‘shayotgan hissasi, hududlarda startap-parklari tashkil etish, xalqaro inkubatsiya dasturlari va biznes-startaplar hamkorligi kabi mavzularda taqdimotlar va muhokamalar bo‘lib o‘tdi.
Universitetlar startap ekotizimiga o‘z hissasini qo‘shish va talabalarning biznes g‘oyalarini rivojlantirish bo‘yicha tavsiyalar oldilar, korporatsiyalar esa startaplar bilan hamkorlik qilish bo‘yicha yangi yo‘nalishlarni o‘rganishdi.
Mazkur forum startap ekotizimini rivojlantirish, universitetlar va biznes o‘rtasida mustahkam hamkorlik o‘rnatish hamda innovatsion g‘oyalarni amaliyotga tatbiq etish uchun muhim platforma bo‘ldi. Bu nafaqat universitetlar, balki butun mamlakatning innovatsion taraqqiyotiga hissa qo‘shadigan muhim tashabbuslardan biri sifatida e’tirof etildi.
2025-yil 7-8-avgust kunlari Samarqand shahrida MDH davlatlari ishtirokida sun’iy intellekt bo‘yicha xalqaro forum va AI-hakaton o‘tkazildi
ИКТ
Raqamli texnologiyalar vazirligida “Raqamli to‘lovlar va mobil bank xizmatlarida kiberxavfsizlik: hozirgi holat va kelajak tahdidlari” mavzusida amali...
ИКТ
Times Higher Education Impact Rankings 2025 natijalari e’lon qilindi.
ИКТ
Yaxshi xabar: GSMA Mobile Connectivity Indexning Infratuzilma komponentida O'zbeksiton Markaziy Osiyo davlatalari orasida eng yuqori natijaga eris...
ИКТ
Tadbir universitetlar, startap ekotizimi ishtirokchilari, investorlar va korporativ sektor vakillarini bir joyga jamladi. Forum universitetlarni innov...
ИКТ
Olmaota shahrida 31-yanvar kuni “Digital Almaty 2025” xalqaro raqamli forumining yalpi majlisi bo‘lib o‘tdi.
Professional IT sertifikatga o’qiganlarning 40% dan ortig’i IT sohasida ish topib, 500$ va undan yuqori daromad topishmoqda
2024-yil uchun respublika ijro etuvchi hokimiyat organlarining OAVda hozir bo‘lishlari darajasi (axborot jihatdan ochiqlik indeksi) monitoring...
“Elektron poliklinika” axborot tizimining takomillashtirilgan talqini Toshkent shahrining Mirzo Ulug‘bek tumanidagi 7-sonli oilaviy poliklinikasida ishga...
ИКТ
«Ассоциация предприятий и организаций информационных технологий Узбекистана», является негосударственной некоммерческой организацией, учрежденной на основе добровольности и равноправия ее членов, осуществляющиx деятельность в сфере информационных технологий, созданной для содействия ее членам в достижении корпоративных целей.
Узнать большеОпубликовано: 15/04/2026 Delivered by PolitePaul service
Опубликовано: 15/04/2026 Delivered by PolitePaul service
Опубликовано: 15/04/2026 Delivered by PolitePaul service
Опубликовано: 15/04/2026 Delivered by PolitePaul service